GAZETA MATNINI TUSHUNISHNING PSIXOLINGVISTIK MEXANIZMLARI

Tashkilot
Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti, Tillarni oʻqitish markazi o‘qituvchisi Toshkent,O‘zbekiston
Alfraganus — Vol. 3, Issue 12 (2026), Philology

Annotatsiya

Mazkur maqola tushunish hodisasini psixolingvistik muammo sifatida, xususan, zamonaviy gazeta matnini idrok etish jarayoni doirasida tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan axborot hajmining tobora ortib borishi va bunday axborotni to‘g‘ri, adekvat tushunishning jamiyat kommunikativ madaniyati uchun ahamiyati bilan belgilanadi. Maqolaning maqsadi tushunish tushunchasining falsafiy-lingvistik va psixolingvistik talqinlarini tizimlashtirish, tushunish turlari, darajalari hamda mexanizmlarini, xususan, gazeta matnini idrok etishga ta'sir etuvchi lisoniy va nolisoniy omillarni yoritishdan iborat. Tadqiqot vazifalari sifatida tushunish tushunchasining mohiyatini ochib berish, uning tasniflarini (G.I.Ruzavin, V.P.Belyanin) tahlil qilish, matnning asosiy mazmunini tushunish strategiyasi bo‘lgan makro qoidalarni (T.Van Dijk, Kim Bong Sun) yoritish, shuningdek, sarlavha, kontekst va assotsiatsiya omillarining tushunish jarayonidagi rolini aniqlash belgilandi. Tadqiqot tavsiflash, qiyoslash, kontekstual tahlil hamda ilmiy adabiyotlarni tizimli tahlil qilish metodlariga asoslangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tushunish - bir bosqichli emas, balki ko‘p bosqichli, retsipientning bilim darajasi va kommunikativ tajribasiga bog‘liq bo‘lgan ijodiy-intellektual jarayondir. Matnning asosiy mazmunini tushunishda umumiy qoida (일반화규칙), o‘chirish qoidasi, integratsiya qoidasi va kompozitsiya qoidasidan iborat makro qoidalar muhim ahamiyat kasb etadi. Gazeta matnini tushunishga leksik faollik darajasi, sintaktik tuzilish, kontekstual assotsiatsiyalar va sarlavhaning pragmatik xususiyatlari sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Maqolada olingan xulosalar zamonaviy o‘zbek gazeta matnlarini psixolingvistik tahlil qilishda, shuningdek, matn tushunish nazariyasini o‘qitish amaliyotida qo‘llanilishi mumkin.

Kalit so'zlar

tushunish, psixolingvistika, matnni idrok etish, gazeta matni, tushunish darajalari, makro qoida, kontekst, assotsiatsiya, sarlavha, retsipient


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Рузавин Г.И. Методология научного исследования. – М.: «Астрель», 1991. – 214 с.
  2. Покровская Е.В. Понимание современного газетного текста и его языковые характеристики: автореф. дис. ... докт. филол. наук. – М.: МГУ, 2004. – 12 с.
  3. 김봉순. 국어교육과 텍스트 구조 (Kim Bong Sun. Ona tili ta'limi va matn strukturasi). – 서울(Seul): 서울대학교 출판부, 2002. – 199–202 p.
  4. Леонтьев А.А. Восприятие текста как психологический процесс // Психолингвистическая и лингвистическая природа текста и особенности его восприятия. – Киев: «КНУ», 1979. – С. 23.
  5. Белянин В.П. Психолингвистика. – М.: «Гардарики», 2001. – 103 с.
  6. Азимова И.А. Ўзбек тилидаги газета матнлари мазмуний персепциясининг психолингвистик тадқиқи: Филология фанлари номзоди дисс. автореф. – Т.: ЎзМУ, 2008. – 28-69 б.
  7. Rustamova, M. B. Q., & Raxmonov, A. K. (2026). Al-Mutarriziyning “Risalatun fi an-nahv” asarida ko‘makchi so ‘zlarning semantik va sintaktik xususiyatlari. Science Time Journal, 4(5/1), 487-492.
  8. 김규훈. 빅데이터 기반의 신문 어휘를 활용한 글쓰기 교육 내용 구성의 가능성 (Kim Gyu-hoon. Katta ma'lumotlar asosidagi gazeta leksikasidan foydalangan holda yozuv ta'limi mazmunini shakllantirish imkoniyatlari). – 서울(Seul): 우리말 글, 2018. – P. 3.
  9. Рустамов П. Gap shaklidagi sarlavhalarning struktur-stilistik xususiyatlari // O'zbek tili stilistikasidan tadqiqotlar. – Samarqand: «SamDU», 1987. – B. 64.
  10. Султанова, С.Н. (2021). Психолого-педагогические и лингвокультурные особенности художественного перевода. История, педагогика, филология (3/28), 91-96.
  11. Попов А.С. Синтаксическая структура современных газетных заглавий и ее развитие // Развитие синтаксиса современного русского языка. – М.: «Наука», 1966. – С. 95.
  12. Сорокин Ю.А. Психолингвистические аспекты изучения текста. – М.: «Аспект Пресс», 1985. – 158 с.
  13. Saparov, M. Z. Neyrolingvistik tadqiqotlarda miya faoliyati talqini va tahlilining nazariy asoslari. О‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2025, [1/1/] ISSN 2181-7324. 331-bet. https://portfolio.afu.uz/storage/documents/BJSbmYNW9IVt407dDcvAQWnOyYr81513n5u1gZmu.pdf
  14. Ван Дейк Т.А., Кинч В. Стратегия понимания связного текста // Новое в зарубежной лингвистике. Вып. XXIII. Когнитивные аспекты языка. – М.: «Прогресс», 1988. – С. 153–211.
  15. Лурия А.Р. Основные проблемы нейролингвистики. – М.: «Аспект Пресс», 1975. – С. 173.
  16. Антонов А.В. Информация: восприятие и понимание. – Киев: «КНУ», 1988. – 16 с.
  17. Ferreira F., Yang Z. The problem of comprehension in psycholinguistics // Discourse Processes. – 2019. – Vol. 56, No 7. – P. 485–495. https://doi.org/10.1080/0163853X.2019.1591885 (Scopus, Web of Science).
  18. Toshmatova, S.A. (2024). Different teaching methods in digitalized teaching and their peculiarities. So‘nggi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi, 7. 163-168.
  19. Saparova, D. M. THE ROLE OF HYPERBOLE IN EXPRESSIVE AND CHARACTER-BUILDING FUNCTIONS IN LITERATURE: A CASE STUDY OF MATILDA. International Journal of Political Sciences and Economics, 5(4), Germany. 2026. 169- 170 https://doi.org/10.55640/
  20. Zasiekin S. Literary translation universals: a psycholinguistic study of the novice translators' common choices // East European Journal of Psycholinguistics. – 2014. – Vol. 1, No 1. – P. 223–233. (Scopus).
  21. Gozieva M.(2025). Bibliometric Analysis of the deep learning approach in teaching the English language.Forum for Linguistic studies Volume 07/Issue 07/July.
  22. Кодирова З.З. (2025).Влияние глобализации на региональные варианты английского языка. Журнал гуманитарных и естественных наук, 26[2],2025/10/8 119-126.
  23. Oripova S.N.The Unity Of Story Architectonics And The Writer’s Thinking INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY RESEARCH, INNOVATION AND DEVELOPMENT Published Date: -30-08-2026, 49-54
  24. Xujaev, M. (2020). Mahmudkhuja Behbudiy as a leader of jadid reforms. The Light of Islam, 3, 39-47.
  25. Xujayev, M. I. (2018). THE COVERAGE OF THE PROBLEM OF NATIONALARITY AND ITS ROLE ON THE PRESENT DAY IN AHMAD ZAKI VALADI''S WORK. Мировая наука, (6 (15)), 61-63.
  26. Хужаев, М. И. (2018). АҲМАД ЗАКИ ВАЛИДИЙНИНГ ДИНИЙ-ФАЛСАФИЙ МЕРОСИНИНГ ИЛДИЗЛАРИ. In Инновационные подходы в современной науке (pp. 177-182).
  27. Khujaev, M. (2024). AHMED ZAKI: ON THE IDEAS OF THE PHILOSOPHY OF HISTORY. Экономика и социум, (1 (116)), 235-239.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

O'xshash maqolalar

11-20 of 80

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.