Asosiy navigatsiya menyusiga o'tish Asosiy kontentga o'tish Sayt quyi qismiga (futer) o'tish

Maqola yuborish

Mualliflar uchun qo'llanma

Mualliflar uchun qo‘llanma

«ALFRAGANUS»

«Alfraganus» xalqaro ilmiy jurnaliga yuboriladigan maqolalar xalqaro akademik standartlar, tahririyat siyosati va jurnal bo‘limlari talablariga mos tayyorlanishi kerak.

Kamida 6 betMaqola hajmi kamida 6 bet yoki 10 000 belgidan iborat bo‘ladi.
3 tilda metadataMaqola nomi, annotatsiya, kalit so‘zlar va muallif ma’lumoti 3 tilda beriladi.
APA referencesAdabiyotlar APA formatida rasmiylashtiriladi, kamida 10 ta manba keltiriladi.
Eslatma: talablar ilmiy maqolalar uchun qo‘llanadi. Talablarga javob bermaydigan materiallar taqrizga yuborilishidan oldin qayta ishlash uchun muallifga qaytarilishi mumkin.

Asosiy talablar

  1. Maqola original bo‘lishi, ilgari nashr etilmagan va ayni vaqtda boshqa jurnal tomonidan ko‘rib chiqilmayotgan bo‘lishi kerak.
  2. Maqola mavzusi jurnal bo‘limlari yo‘nalishiga mos bo‘lishi hamda ilmiy tadqiqot, adabiyotlar sharhi, empirik tahlil, metodologik yondashuv yoki amaliy ilmiy natijani o‘z ichiga olishi lozim.
  3. Matn Arial shriftida, 12 pt, 1.15 intervalda tayyorlanadi. Sahifa maydonlari: chap 3 sm, o‘ng 1.5 sm, yuqori 2 sm, pastki 2 sm.
  4. Sahifalar pastki o‘ng burchakda raqamlanadi. Matn tahrirlash uchun ochiq holatda topshiriladi.
  5. Maqola nomi, muallif F.I.Sh., ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi/unvoni, ORCID, email, annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida kiritiladi.
  6. Annotatsiya 250–300 so‘z atrofida bo‘lishi tavsiya etiladi. Unda tadqiqotning dolzarbligi, maqsadi, qo‘llanilgan metodologiya, asosiy natijalari va xulosalari qisqacha yoritilishi lozim. Kalit so‘zlar 5-10 ta termin yoki iboradan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi.
  7. UDC va iqtisodiyot yo‘nalishidagi maqolalar uchun JEL kodi kiritilishi shart.
  8. Jadval va rasmlar raqamlanadi, nomlanadi va manbasi ko‘rsatiladi. Diagrammalar original sonli ma’lumotlari bilan alohida faylda taqdim etiladi.
  9. Formulalar MathType muharririda, grafik materiallar esa sifatli va tahrirlashga yaroqli formatda tayyorlanadi.
  10. Maqolalar tahririyat tomonidan ko‘rib chiqiladi va taqriz natijasiga ko‘ra nashrga tavsiya etiladi yoki qayta ishlashga yuboriladi.

Maqola tarkibi

Maqola nomi Title

Mavzu qisqa, aniq va tadqiqot yo‘nalishini ifodalagan holda 3 tilda beriladi.

Muallif ma’lumoti Author information

F.I.Sh., tashkilot, lavozim, ilmiy daraja/unvon, ORCID va email manzili to‘liq ko‘rsatiladi.

Annotatsiya Abstract

Unda tadqiqotning dolzarbligi, maqsadi, qo‘llanilgan metodologiya, asosiy natijalari va xulosalari qisqacha yoritiladi.

Kalit so‘zlar Keywords

Qidiruv tizimlari va indekslash uchun maqola mazmunini ochib beradigan 5-10 ta termin tanlanadi.

Kirish Introduction

Muammo, dolzarblik, tadqiqot maqsadi, vazifalari va ilmiy ahamiyati asoslanadi.

Adabiyotlar sharhi Literature review

Mavzuga oid ilmiy manbalar tanqidiy tahlil qilinadi va tadqiqotdagi bo‘shliq ko‘rsatiladi.

Metodologiya Methods

Tadqiqot dizayni, ma’lumot manbalari, usullari va tahlil yondashuvi bayon qilinadi.

Tahlil va natijalar Results

Topilmalar jadval, rasm yoki dalillar bilan izchil yoritiladi.

Muhokama Discussion

Natijalarning ilmiy va amaliy mazmuni, cheklovlar va oldingi tadqiqotlar bilan bog‘liqligi ochib beriladi.

Xulosa va takliflar Conclusion

Asosiy xulosalar, tavsiyalar va kelgusidagi tadqiqot yo‘nalishlari beriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar References

Matn ichidagi havolalar va adabiyotlar ro‘yxati APA formatida mos va to‘liq rasmiylashtiriladi.

Format va texnik talablar

Vizual materiallar

  • Jadvallar MS Word jadval vositalari orqali tayyorlanadi.
  • Diagrammalar Excelda tayyorlanib, original sonli ma’lumotlari bilan alohida faylda taqdim etiladi.
  • Vektor formatlar: PDF, EPS, AI, CDR. Past sifatli skaner yoki web rasmlar qabul qilinmaydi.
  • JPEG, TIF, BMP formatidagi past sifatli materiallar qabul qilinmaydi.

Bibliografiya

  • APA format: References ro‘yxati va matn ichidagi havolalar APA formatida beriladi.
  • Soni: Kamida 10 ta manba, ulardan kamida 2 tasi Scopus yoki Web of Science bazasidagi manba bo‘lishi kerak.
  • Footnote: Internet va normativ hujjatlar sahifa pastida access date bilan ko‘rsatiladi.
  • Ma’lumot: Muallif, nomi, nashr joyi, yil va betlar to‘liq keltiriladi.

TAQIQLANADI: Bo‘g‘in ko‘chirish, ortiqcha probellar, avtomatik raqamlashtirish, makroslar va matnni “Faqat o‘qish uchun” (read-only) rejimida saqlash.

Maqola yuborish uchun tekshirish ro'yxati

Barcha taqdim etiladigan maqolalar quyidagi talablarga javob berishi kerak.

  • Maqola «Alfraganus» xalqaro ilmiy jurnalining mualliflar uchun qo‘llanmasiga mos tayyorlangan.
  • Maqola ilgari nashr etilmagan va ayni vaqtda boshqa jurnalda ko‘rib chiqilmayapti.
  • Matn Arial 12 pt, 1.15 interval va belgilangan sahifa maydonlari bilan rasmiylashtirilgan.
  • Maqola nomi, annotatsiya, kalit so‘zlar va muallif ma’lumotlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida kiritilgan.
  • Foydalanilgan adabiyotlar APA formatida, kamida 10 ta manba bilan, shundan kamida 2 tasi Scopus/WoS manbasi sifatida berilgan.
  • Jadval, rasm, diagramma, formula va qo‘shimcha fayllar texnik talablarga mos tayyorlangan.

Maxfiylik bayonoti

Ushbu jurnal saytiga kiritilgan ismlar va elektron pochta manzillari faqat ushbu jurnalning belgilangan maqsadlari uchun ishlatiladi va boshqa maqsadlarda yoki boshqa tomonlarga taqdim etilmaydi.

Bo'limlar

Maqolalar

Ushbu bo‘limga «Alfraganus» xalqaro ilmiy jurnalining yo‘nalishlariga mos ilmiy maqolalar qabul qilinadi.