ISTANBUL O‘ZBEKLARI
Annotatsiya
O‘zbeklar avval Afg‘onistonga, u yerdan Eron orqali ko‘chib kelgan, so‘ngra Istanbulning muhim va markaziy joylariga qo‘nim topgan bo’lib, tasavvufi, adabiyoti, me’morligi va turmush tarzi bilan ham Usmonlilar, ham Turkiya ozodlik kurashida muhim rol o‘ynagan xalqdir. Takyalar – Istanbulning strategik hududlarida qurilgan hoji va yo’lovchilar uchun to ʻxtash joyi, O ʻrta Osiyo bilan aloqalarni mustahkamlashda muhim markaz, qolaversa Turkiyaning ishg ʻol yillarida qurol-yarog ʻomborxonasi va zobitlarning Anado’liga o ʻtkazilish joyi bo’lgani bilan tarixiy vasiyosiy ahamiyatgaegadir. Uskudar va Qadirgadagi O'zbek takyalari Usmonli va Turkiya Respublikasi davrida diniy va milliy vazifalari bilan diqqatni tortgan muhim maskanlardir. Ozodlik kurashi davrida Anado’liga qurol-yarog ʻto’plash va razvedka markazi bo’lib, koʻngillilar yuborilgan strategik bazaga aylangan va bu kurashda ayniqsa Ato Afandi Qorakoʻl (qorovul) tashkilotidagi roli bilan ko’zga yaqqol tashlanib turgan. Tarix davomida bu yerda xizmat qilgan shayxlarning qabr toshlari va O ʻrta Osiyodan kelgan muhimshaxslarningqabrlario ʻrin olganUskudar O ʻzbeklartakyasiqabristoniIstanbul vaTurkiston o ʻrtasidagi madaniy va siyosiy aloqalarning ko ʻrsatkichlaridan biridir. Bu qabristonda AbdullohAfandi, YahyoAfandi, Mehmed SaidAfandi kabi shaxslar dafn etilgan. Respublika qurilgach takyalar yopilgan bo ʻlsa-da, O ʻzbeklar takyasi turk tasavvuf va san ʼat musiqasi davom ettirilgan maktabga aylangan. Qutsi Erguner o‘z xotiralarida o‘zbek oshi an’anasi, bu maskanlardagi musiqali yig‘inlar ruhini ta’sirli tarzda qayd etib o’tgan. Bugungi kunda, ayniqsa, Qadirga Buxoro o'zbeklar takyasi amalga oshirilgan restavratsiyalar tufayli madaniy meros obyekti sifatida saqlanib, yangiavlodlarga yetib keldi.Kalit so'zlar
O'zbeklar takyasi, Istanbul, Sultonahmet, Uskudar, Ozodlik
Adabiyotlar ro'yxati
Yuklab olishlar
Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.