Asosiy navigatsiya menyusiga o'tish Asosiy kontentga o'tish Sayt quyi qismiga (futer) o'tish

ARXIV HUJJATLARI ASOSIDA “O‘ZBEKLAR TAKYASI” SHAYXLARI

Annotatsiya

Maqolada Usmonli arxivi va Vaqflar arxividagi hujjatlari asosida amalga oshirilgan tadqiqot natijasida Uskudar “O ʻzbeklar takyasi”ning tashkil topishidanboshlab,hozirgiyirikmajmuaholatigakelishigaqadartarixiqisqachabayon etilgan. TakyaniXVIIIasro ʻrtalaridaUskudargakelganasliMovarunnahrningSamarqand shahridagi Qalandarxona mahallasidan bo‘lgan Sayyid Muhammad Abdulakbar bin Sayyid Asad (yoki Asadulloh) bin Said Ahmad tashkil etgani va uning O‘zi 40 yil shayxlik qilganiqaydetiladi. Takyada faoliyat yuritgan jami 20 nafar shayx haqida ma ʼlumotlar xronologik tartib bilan berilgan bo‘lib, Аbdulakbar Аfandidan keyingi shayxlar quyidagilardir: (2) Shayx Mehmed Afandi bin Hasan, (3) Abdulmo‘min Afandi, (4) Hoji Abdulg‘afur Afandi bin Mehmed Olim, (5) Sayyid Hoji Mehmet Afandi bin Sayyid Mehmen Samarqandiy,(6) Sayyid Hoji RajabAfandi binMehmed Samarqandiy, (7)Shayx Hoji Mehmed Sayyoh-iSamarqandiy,(8)ShayxMehmed RajabAfandi,(9)ShayxMehmed Samarqandiy, (10) Hoji Shayx Nazar Samarqandiy, (11) Hoji Hofiz Xalil Buxoriy, mushtarak shayxlik modeli bo‘yicha aka-ukalar (12.1) Shayx Ibrohim – (12.2) Shayx Ismoil, (13.1) Mehmed Sodiq – (13.2) Shayx Hoji Abdurrazzoq, (14.1) Shayx Hoji Ibrohim Adham – (14.2) Shayx Hoji Mehmed Solih Afandi, (15) Mehmed Sodiq Afandi, (16) ShayxAtoAfandi, shuningdek, shayxlikka nomzod 16. Shayx Najmiddin Afandi (O ʻzbekkangay). Maqolada (4) Hoji Abdulg‘afur Afandi davrida takya xayrsevar Hoji Xalil Og‘a binAhmadAfandi tomonidan hozirgi yirik majmua holatiga keltirilgani va 1202-yil 7- rabi-ul-oxirdagi (1788-yil 16-yanvar) vaqfnoma bilan zoviya sifatida rasmiy takya maqomini olganligi, Hazorfan (14.1) IbrohimAdham davrida takya ilm-fan, san ʼat va hunarmandlik maskaniga aylanganligi, uning o‘g‘li (15) Mehmed Sodiq Afandi “Ussi lisoni turkiy” (Chig ʻatoycha grammatika kitobi) asarining muallifi ekani, (16) Shayx AtoAfandiAnado‘lida istiqlol urushida qatnashgani alohidaqayd etilgan. Tadqiqot davomida takya manbalarga ko‘ra 1925-yilga qadar Naqshiy, O‘zbek, O‘zbeklar, Xoja, Hoji Xoja, O‘zbek Hoji Xoja, Qalandarxona kabi nomlar bilan yuritilganligi aniqlandi.

Kalit so'zlar

Oʻzbeklar takyasi, shayx, mushtarak shayxlik modeli


Adabiyotlar ro'yxati

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

O'xshash maqolalar

Ushbu maqola uchun o'xshashlik bo'yicha kengaytirilgan qidiruvni boshlash ham qilishingiz mumkin.