Asosiy navigatsiya menyusiga o'tish Asosiy kontentga o'tish Sayt quyi qismiga (futer) o'tish

SAYYOHLAR BEKATI: SULTONTEPA O‘ZBEKLAR TAKYASI

Annotatsiya

Maqolada tasavvuf, haj va takya O‘zaro bog‘liqlikda ko‘rilgan tadqiqotlarga sharh berilib, so‘fiylar uchun sayohatning ahamiyati va turlari, O‘rta Osiyodan Istanbulga kelgan ziyoratchilarning to‘xtalgan manzilgohlari, tashrif buyurgan shaharlari bo‘yicha ma ʼlumotlar keltiriladi hamda takyalarning tashrif buyuruvchilar uchun madaniy va ma'lumot almashish markazi ekanligi alohida taʼkidlanadi. Manbalardagi ma ʼlumotlarga asoslangan holda so ʻfiylar XIX asrda jamiyatning faol qatlami va bu so ʻfiylarga xizmat qilgan takyalar nafaqat shaharlarning o‘zgarishi varivojlanishidamuhimo‘rintutadiganaholiharakatinirag‘batlantiruvchisi,balkiayni paytdailm-fan,marifatvamadaniyattashuvchisisifatidanamoyonbo‘lganianiqlanadi. Maqolada Sultontepa o‘zbeklar takyasining XIX asr oxiri – XX asr boshiga taalluqli “Mehmonlar daftari”, “Rasmiy mehmonlar daftari” va “Sultontepa o‘zbeklar takyasi aholi daftari”dagi qaydlar tahlil qilinib, takyaning ichki hayoti, ijtimoiy institut sifatidagi ko‘p qirrali faoliyati yoritib berilgan. 263 varaqdan iborat ushbu daftarlarga jami 1329 kishi haqida malumotlar o‘rin olgan bo‘lib, ular takyaga tashrif buyuruvchilarning qaerdan kelgani, tashrif maqsadlari va muddatlari, kasblari va hatto tashqi ko‘rinishlari haqida tasavvur beradi. Chunonchi, “O‘zbeklar takyasi” mehmonlari asosan O‘rta Osiyo va uning atrofidan bo‘lib, ulardan tashqari Xitoy va Maxsus son | 1 (12) Afg‘oniston,ozbo‘lsa-daTunisdan,shuningdek,Usmonlisaltanatichegaralarigayaqin shaharlardanekanligini bilish mumkin. Daftarlardagi qaydlar asosida maqolada tashriflarning asosiy sabablaridan biri muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish bilan bog‘liqligi va hajga otlanganlar uchun Istanbulga tashrif buyurish an'anaga aylanganligi yoritib beriladi. Shu bilan birga mehmonlarning kasblaridan kelib chiqqan holda tashriflar tijoriy, diniy va hatto harbiy maqsaddabo‘lganligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Kasbga ko‘ra tashrif buyuruvchilarning aksariyati – hunarmand va san ʼatkor. Shuningdek, san'atsiz, ya ʼni hunarsiz, deb ko‘rsatilganlar borligi takyani ayni damda muhtojlar uchun ham turar joy sifatida namoyon etadi. Qolaversa, mehmonlar orasida talabalar sonining ko‘pligi ham yana bir bor takyaning ilm yo‘lidagi yoshlarni qo‘llab- quvvatlashga hissaqo‘shganligidan darak beradi. Аsosiysi, daftarlardagi qaydlar tahlili nafaqat tashrif buyuruvchilar haqida tasavvur shakllantirish bilan cheklanmaydi, balki ular haqidagi ma ʼlumotlar orqali ushbuvaboshqatakyalarnio‘rganishbo‘yichamasalalardoirasinibelgilabberishbilan birga istiqboldagi tadqiqot yo‘nalishlarigaaniqlik kiritadi.

Kalit so'zlar

Oʻzbeklar takyasi, Mehmonlar daftari, Rasmiy mehmonlar


Adabiyotlar ro'yxati

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

O'xshash maqolalar

Ushbu maqola uchun o'xshashlik bo'yicha kengaytirilgan qidiruvni boshlash ham qilishingiz mumkin.