OʻZBEK VA YEVROPA MASALCHILIGIDA ALLEGORIYA VA DIDAKTIK OBRAZLAR POETIKASI

Tashkilot
Alfraganus Universiteti (Toshkent, Oʻzbekiston)
Alfraganus — Vol. 3, Issue 12 (2026), Philology

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘zbek va Yevropa masalchiligida allegoriya va didaktik obrazlarning poetik xususiyatlari qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi masal janrining turli milliy adabiyotlarda shakllanishi va taraqqiyoti jarayonida allegorik obrazlarning inson xarakteri, ijtimoiy munosabatlar hamda axloqiy-estetik qadriyatlarni ifodalashdagi o‘ziga xos poetik funksiyalarini aniqlash zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘zbek va Yevropa masalchiligida allegorik obrazlar hamda didaktik konsepsiyaning badiiy ifodalanish xususiyatlarini qiyosiy-tipologik asosda ochib berishdan iborat. Tadqiqot materiali sifatida antik yunon adabiyotining klassik vakili Ezop masallari, fransuz masalchiligida Jan de Lafonten ijodi hamda o‘zbek adabiyotida Alisher Navoiy va Muhammadsharif Gulxaniy ijodiga oid namunalar, xususan, Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari tanlandi. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, tarixiy-qiyosiy, poetik tahlil va germenevtik metodlardan foydalanildi. Tahlil jarayonida allegorik obrazlarning tuzilishi va poetik funksiyasi, didaktik g‘oyaning ifodalanish usullari, obrazlar tizimi, kompozitsion yaxlitlik hamda badiiy xronotopning o‘ziga xos jihatlari qiyoslandi. Tadqiqot natijalari Ezop, Lafonten va Gulxaniy ijodida hayvonlar, qushlar va boshqa allegorik obrazlar vositasida insonning axloqiy-ijtimoiy qiyofasi ramziy tarzda ifodalanishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, Yevropa masalchiligida allegoriyaning ijtimoiy munosabatlar va hokimiyat masalalarini tanqidiy talqin etishdagi funksiyasi, o‘zbek masalchiligida esa xalqona tafakkur, milliy-madaniy qadriyatlar, ijtimoiy muammolar va axloqiy-didaktik g‘oyalarni ifodalashdagi xususiyatlari aniqlandi. Tadqiqot natijalari allegoriyaning masal poetikasida nafaqat badiiy tasvir vositasi, balki didaktik va ijtimoiy-falsafiy mazmunni shakllantiruvchi muhim poetik mexanizm ekanligini asoslaydi. Mazkur xulosalar o‘zbek va Yevropa masalchiligi o‘rtasidagi tipologik o‘xshashliklar hamda milliy-madaniy farqlarni aniqlashga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar

masal janri, allegoriya, didaktik obrazlar, poetika, obrazlilik, qiyosiy-tipologik tahlil, o‘zbek masalchiligi, Yevropa masalchiligi, mifopoetika, badiiy xronotop


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Арасту. Поэтика. –Т.: Янги аср авлоди, 2018. – Б. 25.
  2. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Т.: Ўзбекистон, 1992. – Б. 512.
  3. Гулханий. Зарбулмасал. – Т.: Янги нашр, 2019. – Б. 3-4.
  4. Мелетинский Е.М. Поэтика мифа. – М.: Наука, 1976. – С. 7.
  5. Komilovich, R. A. (2026). NOSIR AL-MUTARRIZIYNING “RISALATUN FINNAHV” ASARIDA SO‘Z TURKUMLARI TASNIFI VA ULURNING LINGVISTIK MEZONLARI. Innovation and development, 4(5), 339-343.
  6. Sulaymonova F. Sharq va G‘arb. – T.:O‘zbekiston, 1997. – 416 b.
  7. Султанова, С.Н. (2026). Бадиий таржимага ўргатиш жараёнида чуқур методик ёндашув, тил ва маданият компетенциялари уйғунлашуви. Fan va san’at” ilmiy, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, tahliliy (elektron jurnal, No 3), 17-22.
  8. Abdug‘afurov A. Navoiy satirasi. – T.: Fan, 1972. – 261 b.
  9. Saparov, M. Z. Neyrolingvistik tadqiqotlarda miya faoliyati talqini va tahlilining nazariy asoslari. О‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2025, [1/1/] ISSN 2181-7324. 331-bet. https://portfolio.afu.uz/storage/documents/BJSbmYNW9IVt407dDcvAQWnOyYr81513n5u1gZmu.pdf
  10. Hotamov N., Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining rus-o‘zbekcha izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi,1978. –344 b.
  11. Izomova.M.Sh. Figurative Meanings of Words as a Source of New Computer Terminology in Modern English (2024) Journal of Humanities and Natural Sciences, 17-22.
  12. Ezop. Masallar.(Tarjimon: D.Quronov) – T.: Cho‘lpon, 2001. – 64 b.
  13. Saparova, D. M. THE ROLE OF HYPERBOLE IN EXPRESSIVE AND CHARACTER-BUILDING FUNCTIONS IN LITERATURE: A CASE STUDY OF MATILDA. International Journal of Political Sciences and Economics, 5(4), Germany. 2026. 169-170 https://doi.org/10.55640/
  14. Газиева, М. Т. (2017). The use of ICT in teaching and learning the foreign language to prevail the problems in mixed ability groups. Молодой ученый, (51), 269-270.
  15. Baldick C. The Oxford Dictionary of Literary Terms. – Oxford: Oxford University Press, 2015.
  16. Toshmatova, S.A. (2025). The notion of motivation: extrinsic and intrinsic motivation. International conference on multidisciplinary sciences and innovations (ICMSI), 132-134.
  17. Cuddon J.A. Dictionary of Literary Terms and Literary Theory. – London: Penguin Books, 2013.
  18. Кодирова З.З. (2025).Влияние глобализации на региональные варианты английского языка. Журнал гуманитарных и естественных наук, 26[2],2025/10/8 119-126.
  19. Krilov I.A. Basni. – Moskva: Khudozhestvennaya literatura, 1984.
  20. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. 12-j. Lison ut-tayr. – Toshkent: Fan, 1996. – 328 b.
  21. Oripova S.N. SHODIQUL HAMRO HIKOYALARIDA RAMZIYLIK POETIKASI VA FALSAFIY-ESTETIK TALQIN Ta'lim falsafasida tarixiylik va zamonaviylik tendensiyalari: ta’lim, bilim, metodlar 20.05.2026, 463-469
  22. Xujaev, M. (2020). Mahmudkhuja Behbudiy as a leader of jadid reforms. The Light of Islam, 3, 39-47.
  23. Xujayev, M. I. (2018). THE COVERAGE OF THE PROBLEM OF NATIONALARITY AND ITS ROLE ON THE PRESENT DAY IN AHMAD ZAKI VALADI''S WORK. Мировая наука, (6 (15)), 61-63.
  24. Хужаев, М. И. (2018). АҲМАД ЗАКИ ВАЛИДИЙНИНГ ДИНИЙ-ФАЛСАФИЙ МЕРОСИНИНГ ИЛДИЗЛАРИ. In Инновационные подходы в современной науке (pp. 177-182).
  25. Khujaev, M. (2024). AHMED ZAKI: ON THE IDEAS OF THE PHILOSOPHY OF HISTORY. Экономика и социум, (1 (116)), 235-239.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

O'xshash maqolalar

1-10 of 144

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.