NAJIB MAHFUZNING «أولاد حارتنا» ROMANIDAGI FRAZEOLOGIK VA TURG‘UN BIRLIKLARNING SEMANTIK-PRAGMATIK XUSUSIYATLARI HAMDA ULARNI O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH MASALALARI
Tashkilot
Alfraganus University Tillarni o‘qitish markazi o‘qituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada Najib Mahfuzning «أولاد حارتنا» romanida qo‘llangan frazeologik, metaforik va turg‘un birliklarning semantik-pragmatik xususiyatlari hamda ularni o‘zbek tiliga tarjima qilish masalalari tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi tanlangan birliklarning ma’no tuzilishi, kommunikativ vazifasi va badiiy matndagi uslubiy yukini aniqlash, shuningdek, ularni o‘zbek tiliga tarjima qilishda samarali strategiyalarni belgilashdan iborat. Tadqiqot materiali sifatida romanning 1986-yilda Bayrutdagi “Dar al-Adab” nashriyotida chop etilgan oltinchi nashri asosida maqsadli tanlangan to‘qqizta birlik olindi. Tadqiqotda tavsifiy-tahliliy, semantik, kontekstual, lingvopragmatik, qiyosiy va tarjimaviy tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlil natijasida birliklar kommunikativ vazifasiga ko‘ra diskursiv-kommunikativ, ekspressiv-baholovchi hamda harakat va ijtimoiy munosabatni ifodalovchi guruhlarga ajratildi. Natijalar mazkur birliklar matn qismlarini bog‘lash, personajlarning ruhiy holati va munosabatini ochib berish, emotsional-ekspressiv ta’sirni kuchaytirish hamda ijtimoiy ziddiyatlarni ifodalashda muhim vosita ekanini ko‘rsatdi. Tarjima tahlili ayrim birliklarni to‘liq yoki funksional ekvivalentlar orqali berish mumkinligini, obrazli va kontekstga bog‘liq birliklarda esa kontekstual tarjima, metaforik qayta ifodalash va pragmatik moslashtirish usullaridan foydalanish zarurligini ko‘rsatdi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi romandan tanlangan birliklarning semantik, pragmatik va tarjimaviy xususiyatlarini yagona tahlil modeli asosida tasniflash hamda ularning o‘zbekcha tarjima strategiyalarini tizimlashtirish bilan belgilanadi. Olingan natijalardan arab-o‘zbek badiiy tarjimasi, arab frazeologiyasini o‘qitish va badiiy matnni lingvopragmatik tahlil qilishda foydalanish mumkin.Kalit so'zlar
Najib Mahfuz, «أولاد حارتنا», arab frazeologiyasi, turg‘un birlik, semantika, pragmatika, badiiy tarjima, kontekstual tarjima, pragmatik moslashtirish
Foydalanilgan adabiyotlar
- Abdou, A. (2011). Arabic idioms: A corpus based study. Routledge.
- A. V. Kunin, Kurs frazeologii sovremennogo angliiskogo yazyka, 2nd ed. Moscow: Vysshaya shkola; Dubna: Feniks, 1996.
- Шанский, Н. М. (2010). Фразеология современного русского языка. URSS.
- تمام حسان، اللغة العربیة: معناھا ومبناھا . القاھرة: الھیئة المصریة العامة للكتاب، 1973 .
- أحمد مختار عمر، علم الدلالة، الطبعة السابعة. القاھرة: عالم الكتب، 2009 .
- محمودي, & طبیب. )2017(. دراسة كتاب: دلالة الألفاظ-ابراھیم أنیس.
- فاسي, كریمة, زیان, & حلیمة. )2019(. دراسة كتاب: الترجمة و أدواتھا-دراسات في النظریة و التطبیق لــــــ: علي القاسمي.
- Lahiani, R. (2024). Recreating relevance: translated Arabic idioms through a relevance theory lens. Humanities and Social Sciences Communications, 11(1), 1-10.
- Muftah, M. (2023). Translating routine phrases from Arabic into English: Between functional translation and cultural specificity. Comparative Literature: East & West, 7(2), 151-165.
- نجیب محفوظ، أولاد حارتنا، ط. 6، بیروت: دار الآداب، 1986 .
- Tillarni, t. Y. S. X. O „rgatish. Oriental universiteti filologiya fakulteti, 575.
- Maxmuda, P. L. (2025). Arab tili morfologiyasida mubolag ‘a siyg’alari. Ta’lim, tarbiya va innovatsiyalar jurnali, 2(4), 220-225.
- M. M. Po‘latova, “Arab tilida mubolag‘a (المبالغة ) hodisasining balog‘iy va sarfiy jihatlari,” Barqaror Taraqqiyot va Rivojlanish Tamoyillari, vol. 3, no. 4, pp. 93–94, 2025. [Online]. Available: https://www.uzresearchers.com/index.php/BTRT/article/view/4653
- M. M. Po‘latova, “Arab tilida «Abu» ( أبو ) birikmalarining majoziy va balog‘iy qo‘llanilishi,” Barqaror Taraqqiyot va Rivojlanish Tamoyillari, vol. 4, no. 2, pp. 32–34, 2026. [Online]. Available: https://www.uzresearchers.com/index.php/BTRT/article/view/4931
- Xujaev, M. (2020). Mahmudkhuja Behbudiy as a leader of jadid reforms. The Light of Islam, 3, 39-47.
- Xujayev, M. I. (2018). THE COVERAGE OF THE PROBLEM OF NATIONALARITY AND ITS ROLE ON THE PRESENT DAY IN AHMAD ZAKI VALADI''S WORK. Мировая наука, (6 (15)), 61-63.
- Хужаев, М. И. (2018). АҲМАД ЗАКИ ВАЛИДИЙНИНГ ДИНИЙ-ФАЛСАФИЙ МЕРОСИНИНГ ИЛДИЗЛАРИ. In Инновационные подходы в современной науке (pp. 177-182).
- Khujaev, M. (2024). AHMED ZAKI: ON THE IDEAS OF THE PHILOSOPHY OF HISTORY. Экономика и социум, (1 (116)), 235-239.
Yuklab olishlar
Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.