EMOTSIONALLIKNI FRAZEOLOGIK SATHDA IFODALANISH XUSUSIYATLARI

Tashkilot
o'qituvchi Alfraganus Universiteti
Alfraganus — Vol. 3, Issue 12 (2026), Philology

Annotatsiya

Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikning dolzarb yo'nalishlaridan biri bo'lgan emotsionallik tushunchasining mohiyati va uning frazeologik birliklar tizimida namoyon bo'lish xususiyatlari tadqiq etilgan. Til va hissiyot bir-biri bilan chambarchas bog'liq voqelik bo'lganligi sababli, emosiyalarning nutqda ifodalanish mexanizmlarini o'rganish psixologiya, falsafa, sosiologiya va tilshunoslik kabi bir qator fanlar doirasida dolzarbligicha qolmoqda. Maqolada emotsionallik va hissiyot tushunchalarining o'zaro nisbati, ularning fanlararo talqinlari qiyosiy tahlil qilingan hamda E. G'oziyev, A. Hojiyev, U. Rashidova, Sh. Safarov, Q. Musaev kabi olimlarning ushbu masalaga oid ilmiy qarashlari umumlashtirilgan. Tadqiqotning nazariy asosini frazeologik birliklarning nutqda obrazlilik va emotsional-ekspressivlikni kuchaytiruvchi muhim til vositasi sifatidagi vazifasi tashkil etadi. Ishda o'zbek tili frazeologik lug'ati materiallari asosida emotsionallikni ifodalovchi frazeologik birliklar tanlab olinib tahlil qilingan, ular ijobiy (quvonch, shodlik, hayrat) va salbiy (g'azab, qayg'u, iztirob) semantik guruhlarga ajratilgan hamda har bir guruh alohida jadvallarda tizimli tarzda aks ettirilgan. Shuningdek, U. Rashidova ilgari surgan emotivlikning uchta asosiy funksiyasi – baholash, emosionallik va ekspressivlik – konkret frazeologik misollar asosida izohlab berilgan, xususan, fonetik, leksik va grammatik o'zgarishlarning ekspressivlik darajasiga ta'siri ko'rsatib o'tilgan. Tadqiqot davomida tavsiflash, kuzatish, kontekstual tahlil, komponentli tahlil hamda statistik-tasniflash metodlaridan foydalanilgan. Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, o'zbek tilidagi frazeologik birliklarning katta qismi insonning ichki dunyosini, ruhiy holatini va hissiy kechinmalarini obrazli tarzda ifodalashga xizmat qiladi, bu esa ularni nutqda emotsional-ekspressivlikni ta'minlovchi eng muhim til vositalaridan biriga aylantiradi. Maqolada, shuningdek, emotsional frazeologizmlarning tarjima jarayonidagi ahamiyati ham qisqacha yoritilgan. Tadqiqot natijalari frazeologiya, lingvokulturologiya va kognitiv tilshunoslik sohalarida olib boriladigan keyingi ilmiy izlanishlar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo'lib, oliy ta'lim muassasalarida tilshunoslik, uslubiyat va tarjimashunoslik fanlaridan dars berishda, shuningdek, izohli va frazeologik lug'atlar tuzishda amaliy manba sifatida foydalanilishi mumkin.

Kalit so'zlar

emotsionallik, frazeologik birlik, emotsiya, tushuncha, konsept, til, nuq, salbiy, ijobiy, konnotatsiya


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Ғозиев Э. Умумий психология. «Университет» нашриёти, Т: - 2002. – Б. 176- 177
  2. Мусаев Қ. Таржима назарияси асослари. Дарслик. – Т.: Фан, 2005. – б.254
  3. Рашидова У. М. Ўзбек тилидаги соматик ибораларнинг семантик-прагматик таҳлили (кўз, қўл ва юрак компонентли иборалар мисолида): филол. ф. д. дисс. автореф. Самарканд, 2018.
  4. Сафаров Ш. Прагмалингвистика. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2008. – Б.15.
  5. Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. УзP.ФА, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”., Тошкент, 2002. – Б. 133.
  6. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1978.
  7. Султанова,С.Н. (2024). Бадиий таржимага ўргатиш фаолиятини самарали амалга ошириш масалалари. Globallashuv davrida filologiya fanlarini o’qitishning dolzarb muammolari( mavzusidagi xalqaro ilmiy – amaliy anjumani materiallari), 995- 998.
  8. Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. – М.: Языки русской культуры, 1996. – 288 б.
  9. Шаховский В.И. Лингвистическая теория эмоций: монография. – М.: Гнозис, 2008. – 416 б.
  10. Маматов А.Э. Ўзбек тили фразеологияси. – Тошкент, 2019.
  11. Djalaletdinova F.T. (2026). THE ROLE OF THE FABLE IN UNDERSTANDING THE TRUTH OF LIFE. COLLABORATIVE INNOVATION FOR GLOBAL EQUITY AND SUSTAINABLE FUTURES, 79-83
  12. Йўлдошев Б. Ўзбек фразеологияси ва фразеографиясининг шаклланиши ҳамда тараққиёти: монография (2-нашр). – Самарқанд: СамДУ нашри, 2013.
  13. Komilovich, R. A. (2026). Nosir Al-mutarriziyning “Risalatun fin-nahv” asarida so ‘z turkumlari tasnifi va ulurning lingvistik mezonlari. Innovation and development, 4(5), 339-343.
  14. Газиева, М. Т. (2017). The use of ICT in teaching and learning the foreign language to prevail the problems in mixed ability groups. Молодой ученый, (51), 269-270.
  15. Saparova, D. M. The role of hyperbole in expressive and character-building functions in literature: a case study of matilda. International Journal of Political Sciences and Economics, 5(4), Germany. 2026. 169-170 https://doi.org/10.55640/
  16. Toshmatova, S.A. (2025). The notion of motivation: extrinsic and intrinsic motivation. International conference on multidisciplinary sciences and innovations (ICMSI), 132-134.
  17. Xolmatova, M. I. (2025). The role of literary translation in promoting intercultural communication Iqro journal (Issue 01), 1595-1597.
  18. Toshmatova, S.A. (2024). Exploring Individual-Psychological Approaches to Enhance Motivation among EFL Students. News of the NUUz, 1. 208-209
  19. Кодирова З.З.(2025). Нейролингвистические механизмы восприятия англоязычных аудиоподкастов при формировании навыков аудирования.Журнал гуманитарных и естественных наук, 28 [1], 5-14.
  20. Oripova S.N.The Method of Representation in The Short Story and The Image of The Rebellious Person CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES 10 VOLUME: Vol.07 Issue 06 2026 Page: - 10-15
  21. Xujaev, M. (2020). Mahmudkhuja Behbudiy as a leader of jadid reforms. The Light of Islam, 3, 39-47.
  22. Xujayev, M. I. (2018). THE COVERAGE OF THE PROBLEM OF NATIONALARITY AND ITS ROLE ON THE PRESENT DAY IN AHMAD ZAKI VALADI''S WORK. Мировая наука, (6 (15)), 61-63.
  23. Хужаев, М. И. (2018). АҲМАД ЗАКИ ВАЛИДИЙНИНГ ДИНИЙ-ФАЛСАФИЙ МЕРОСИНИНГ ИЛДИЗЛАРИ. In Инновационные подходы в современной науке (pp. 177-182).
  24. Khujaev, M. (2024). AHMED ZAKI: ON THE IDEAS OF THE PHILOSOPHY OF HISTORY. Экономика и социум, (1 (116)), 235-239.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

O'xshash maqolalar

11-20 of 88

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.