Asosiy navigatsiya menyusiga o'tish Asosiy kontentga o'tish Sayt quyi qismiga (futer) o'tish

REY BREDBERINING “ERTAGA QIYOMAT” HIKOYASIDA APOKALIPSIS VA BADIIY PSIXOLOGIZM

Tashkilot
Alfraganus Universiteti image/svg+xml

Annotatsiya

Ushbu maqolada Rey Bredberining “Ertaga qiyomat” hikoyasi psixologik- falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi fantastik adabiyotda apokalipsis motivining inson ruhiyati bilan bogʻliq talqinini ochib berish hamda badiiy psixologizmning zamonaviy koʻrinishlarini aniqlashdan iborat. Maqolada muammo sifatida ommaviy madaniyatda apokalipsis odatda vahima va ijtimoiy inqiroz bilan bogʻlanib talqin qilinishi, Bredberi hikoyasida esa ushbu stereotipga zid psixologik model taklif etilishi ilgari suriladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida kompleks yondashuv tanlangan boʻlib, unda badiiy matnni struktural-bayoniy tahlil qilish, ekzistensial psixologiya, dahshatni boshqarish nazariyasi hamda narrativ psixologiya konsepsiyalaridan foydalaniladi. Hikoya tahlili uch asosiy yoʻnalishda olib boriladi: qahramonlarning oʻlim muqarrarligiga munosabati, kundalik turmush marosimlarining psixologik funksiyasi hamda oddiylik tushunchasining falsafiy talqini doirasida tahlil etiladi. Tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, hikoyada apokalipsis tashqi falokat sifatida emas, balki ichki ruhiy holat sifatida namoyon boʻladi. Qahramonlarning vahimasiz, sokin va marosimiy xatti-harakatlari oʻlim qoʻrquvini yengillashtiruvchi muhim psixologik mexanizm vazifasini bajaradi. Kundalik turmush odatlari — qahva ichish, bolalarni uxlatish, chiroqni oʻchirish — ekzistensial barqarorlikni taʼminlovchi ramziylik sifatida talqin qilinadi. Shaxslararo yaqinlik esa hikoyada oʻlim xavotiriga qarshi asosiy himoya omili sifatida namoyon boʻladi. “Ertaga qiyomat” hikoyasi fantastik adabiyotda badiiy psixologizmning oʻziga xos modelini taklif etadi. Asar oʻlimni inqiroz emas, balki hayot davomida yaratilgan maʼno va munosabatlarning mantiqiy yakuni sifatida anglash imkonini beradi. Mazkur tadqiqot fantastik nasrda psixologik tahlil imkoniyatlarini kengaytiradi hamda Rey Bredberi ijodining adabiy- estetik ahamiyatini yangi nazariy kontekstda yoritadi.

Kalit so'zlar

Rey Bredberi, “Ertaga qiyomat”, fantastik adabiyot, badiiy psixologizm, ekzistensial psixologiya, apokalipsis motivi, oʻlim muqarrarligi, narrativ tahlil, ruhiy holat, falsafiy talqin


Adabiyotlar ro'yxati

  1. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2005
  2. – Toshkent: Fan, 2007
  3. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006
  4. – Toshkent: Musiqa, 2006
  5. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot, 2018
  6. – Toshkent, 2024
  7. – Cambridge, MA : Harvard University Press, 1986
  8. Flow: The Psychology of Optimal Experience / M
  9. – New York : Harper & Row, 1990
  10. – Boston : Beacon Press, 1959
  11. The causes and consequences of a need for self-esteem: A terror management theory / J
  12. Solomon // Public Self and Private Self
  13. – New York : Springer, 1986
  14. Vohs // Personality and Social Psychology Review
  15. – New York : Guilford Press, 1993
  16. Florian // Journal of Personality and Social Psychology
  17. Vail [et al.] // Personality and Social Psychology Review
  18. – New York : Basic Books, 1980
  19. Rey Bredberi — “Ertaga qiyomat” ("The Last Night of the World" 1951) hikoyasi, tarjima matni: https://ziyouz.uz/jahon-nasri/rey-bredberi/rej-bredberi-ertaga-iyomat-ikoya/ 17
  20. Tahliliy va adabiy kontekst boʻyicha umumiy maʼlumotlar: The Best Ray Bradbury Short Stories https://jerrywbrown.com/wp-content/uploads/2020/02/The-Last-Night-of-the-World-Bradbury-Ray.pdf

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

O'xshash maqolalar

1-10, jami 49 tadan

Ushbu maqola uchun o'xshashlik bo'yicha kengaytirilgan qidiruvni boshlash ham qilishingiz mumkin.