Asosiy navigatsiya menyusiga o'tish Asosiy kontentga o'tish Sayt quyi qismiga (futer) o'tish

O’ZBEKISTONDAGI KORXONALARDA MEHNAT INTIZOMINI AMALGA OSHIRISH TAMOYILLARI

Tashkilot

Annotatsiya

Ma’lumki mehnat intizomi ishlab chiqarish jarayonidagi ob`ektiv zaruratdir. Yuridik adabiyotda
mazkur tushuncha turlicha talqin etilib kelinadi. Mehnat intizomi huquqiy normalar bilan mustahkamlab qo‘yilgan
ishlab chiqarish ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini belgilovchi tartib hisoblanadi. Oddiyroq qilib aytganda,
mehnat intizomi birgalikdagi mehnatning zaruratini hamda mehnat ishtirokchilarining muayyan tartibga bo‘ysinishini
anglatadi. Mehnat intizomi turli fanlar predmeti sifatida o‘rganiladi. Qonunchilik sohasida esa u huquqiy kategoriya
sifatida o‘rganiladi va tadqiq etiladi. Mehnat intizomi mehnat huquqining instituti sifatida ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Uning bu jihati korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarini, xodim hamda ish beruvchining burchlarini
tartibga soluvchi, shuningdek, halol mehnat va uni rag`batlantirish choralari hamda mehnat intizomini buzganlik
uchun xodimlarning intizomiy javobgarligini belgilovchi huquqiy normalar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Mehnat
intizomi o‘z tabiatiga ko‘ra, muayyan darajada xodimning haqiqiy xulq-atvori va axloqining ko‘zgusi hamdir.
Chunki, bunda ma`lum ma’noda xodimning ishlab chiqarish intizomidan va bu borada belgilangan tartibga qay
darajada rioya qilayotganidan dalolat beradi. Ushbu maqolada O‘zbekistonda huquqiy normalar orqali korxona va
muassasa xodimlarining mehnat intizomi bilan bog‘liq barcha holat tahlil qilinadi. Zotan, ishlab chiqarishdagi mehnat
unumdorligini holatiga ko‘p jihatdan mehnat jarayonida xodimlarning mehnat intizomiga rioya qilishi yoki qilmasligiga
bevosita bog`liqdir.

Kalit so'zlar

mehnat intizomi, ichki mehnat tartibi, mehnat sharoitlari, Mehnat kodeksi, rag‘batlantirish, ishontirish, intizomiy javobgarlik.


Adabiyotlar ro'yxati

  1. 1. Abdurahmonov Q.X., Imomov V.A. O’zbekistonda mehnat potensialidan samarali foydalanish va uni boshqarish.-T.: ―
  2. Akademiya‖, 2008. –B. 269.
  3. 2. Mehnat intizomi. https://oyina.uz/uz/teahause/1966
  4. 3. Rasulov M.R. Bozor iktisodiyoti asoslari: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik//Suz boshi: S. S. G‘ulomov. — T.: “O‘zbekiston”,
  5. 1998.
  6. 4. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  7. 5. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlar to‘plami. Toshkent, «Iqtisodiyot va huquq
  8. dunyosi», 2006 y.
  9. 6. O‘zbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi». “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
  10. O‘RQ-798-son 28.10.2022 yildagi Qonun.
  11. 7. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga sharhlar
  12. 8. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat huquqi. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. A.A.Inoyatov. –T. «Iqtisodiyot va huquq dunyosi»
  13. 2002 y

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

O'xshash maqolalar

1-10, jami 12 tadan

Ushbu maqola uchun o'xshashlik bo'yicha kengaytirilgan qidiruvni boshlash ham qilishingiz mumkin.