“ULISS” ROMANI XRONOTOPIDA YORUG‘LIK VA ZULMAT MOTIVINING BADIIY-TASVIRIY VAZIFALARI

Tashkilot
Alfraganus universiteti, Filologiya fakulteti Tillarni o‘qitish markazi o‘quvchisi Toshkent, O‘zbekiston
Alfraganus — Vol. 3, Issue 13 (2026), Philology

Annotatsiya

Mazkur maqolada Jeyms Joysning “Uliss” romanida xronotopning poetik funksiyasi hamda yorug‘lik va zulmat motivlarining badiiy-semantik vazifasi tahlil qilingan. Zamonaviy modernistik adabiyotda vaqt va makon nafaqat voqealar sodir bo‘ladigan muhit, balki qahramon ongi, estetik konsepsiya va muallif g‘oyasini ifodalovchi muhim poetik kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan maqolada M.M.Baxtinning xronotop nazariyasi metodologik asos sifatida qabul qilinib, roman epizodlarida makon, zamon va ong oqimi o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida qiyosiy-tipologik, struktur-semantik, germenevtik hamda interpretatsion tahlil usullaridan foydalanildi. Asosiy tahlil obyekti sifatida romanning "Lestrygonians", "Hades", "Wandering Rocks", "Circe", "Oxen of the Sun" va "Penelope" epizodlari tanlandi. Ular orqali yorug‘lik va zulmat motivlarining turli xronotopik modellarda qanday poetik vazifa bajarishi aniqlandi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, J.Joys ijodida Dublin shahri oddiy geografik makon emas, balki inson ongining universal modeli sifatida shakllangan. Yorug‘lik va zulmat motivlari esa dekorativ tasvir vositasi emas, balki qahramonlarning psixologik, falsafiy va ontologik holatini ifodalovchi muhim semantik mexanizm hisoblanadi. Asarda vaqt chiziqli harakatlanmaydi; u qahramon xotirasi, ong oqimi va ichki kechinmalariga muvofiq ravishda o‘zgarib boradi. Natijada xronotop roman kompozitsiyasini tashkil etuvchi markaziy poetik kategoriyaga aylanadi.Tadqiqot Jeyms Joys poetikasida xronotop nazariyasining amal qilish mexanizmlarini ochib berish bilan birga, modernistik romanlarda yorug‘lik va zulmat motivlarining strukturaviy-semantik ahamiyatini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi.

Kalit so'zlar

Jeyms Joys, “Uliss”, xronotop, M.M.Baxtin, modernizm, ong oqimi, yorug‘lik motivi, zulmat motivi, badiiy makon, badiiy zamon


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Бахтин М.М. Формы времени и хронотопа в романе (Очерки по исторической поэтике) // Вопросы литературы и эстетики: Исследования разных лет.– Москва:Художественная литература, 1975. – С. 234.
  2. Жўрақулов У. Михаил Бахтин кашфиётлари //Назарий поэтика масалалари. –Тошкент, Ғ.Ғулом, 2015. –Б.89.
  3. Эко У. Поэтики Джойса / Перев. с итал. А.Коваля. – СПб.: «Симпозиум», 2006. – С. 47.
  4. Письмо к Харриет Шоу Уивер от 8 февраля 1922 г. (это и следующие письма см. в Letters of J.Joyce [«Письма Дж.Джойса»], изд. СтюартГилберт, London, Faber&Faber, 1957).
  5. JeymsJoys. Uliss sarguzashtlari &Jeyms Joys haqida suhbat va maqola https://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/2-fevral-parijda-jeymas-joys-tugilgan-ulissromani-ilk-bosmaan-chiqan-kun.html
  6. Жўрақулов У. Михаил Бахтин кашфиётлари //Назарий поэтика масалалари. –Тошкент, Ғ.Ғулом, 2015. –Б.103.
  7. Жойс Ж. Улисс саргузаштлари. – Тошкент, O‘zbekiston. 2013. – Б. 205.
  8. Жойс Ж. Улисс саргузаштлари. – Тошкент, O‘zbekiston. 2013. – Б. 126.
  9. Жойс Ж. Улисс саргузаштлари. – Тошкент, O‘zbekiston. 2013. – Б. 297.
  10. Жўраев К., Аҳмедова М. Жойс сийратига чизгилар.// Жаҳон адабиёти. 2012 йил, ноябрь. – Б.133.
  11. Гончаренко Э. П. Нора Барнакл: муза и персонаж Джеймса Джойса // Світова література на перехресті культур і цивілізацій: Збірник наукових праць. – 2008. – Випуск 1 (No1) – С. 60-71.
  12. Raxmonov, A. K. (2025). Mutarriziyning “Risolatun fin nahv” asari mo'jaz grammatik manba. Barqaror Taraqqiyot va Rivojlanish Tamoyillari, 3(4), 85-88.
  13. Саидов А. Жеймс Жойснинг “Улисс”ини қандай ўқимоқ керак? (Ўзбек китобхонига ўн маслаҳат) // Жаҳон адабиёти, 2011 йил, январь. – Б. 89.
  14. Жойс Ж. Улисс саргузаштлари. – Тошкент, O‘zbekiston. 2013. – Б. 529
  15. Газиева, М. Т. (2017). The use of ICT in teaching and learning the foreign language to prevail the problems in mixed ability groups. Молодой ученый, (51), 269-270.
  16. Xolmatova, M. I. (2025). The role of literary translation in promoting intercultural communication Iqro journal (Issue 01), 1595-1597.
  17. Кодирова З.З.(2025).Нейролингвистические механизмы восприятия англоязычных аудиоподкастов при формировании навыков аудирования.Журнал гуманитарных и естественных наук, 28 [1], 5-14.
  18. Djalaletdinova F.T.(2025).IN GLIZ NASRINING O‘ZBEK ADABIYOTIGA TA’SIRI MASALASI HAMDA MASALNAVIS G‘OYASI IFODASI. XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI–11/4-20 https://mamun.uz/uploads/journal/files/1764930052.pdf. 125-127
  19. Xujaev, M. (2020). Mahmudkhuja Behbudiy as a leader of jadid reforms. The Light of Islam, 3, 39-47.
  20. Xujayev, M. I. (2018). THE COVERAGE OF THE PROBLEM OF NATIONALARITY AND ITS ROLE ON THE PRESENT DAY IN AHMAD ZAKI VALADI''S WORK. Мировая наука, (6 (15)), 61-63.
  21. Хужаев, М. И. (2018). АҲМАД ЗАКИ ВАЛИДИЙНИНГ ДИНИЙ-ФАЛСАФИЙ МЕРОСИНИНГ ИЛДИЗЛАРИ. In Инновационные подходы в современной науке (pp. 177-182).
  22. Khujaev, M. (2024). AHMED ZAKI: ON THE IDEAS OF THE PHILOSOPHY OF HISTORY. Экономика и социум, (1 (116)), 235-239.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

O'xshash maqolalar

71-80 of 149

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.