TOSHKENT VILOYATIDA SABZAVOTCHILIKNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot O‘zbekiston sabzavotchilik tarmog‘idagi hududiy rivojlanish tendensiyalarini tahlil qiladi. Toshkent viloyati misolida sabzavot yetishtirishning tashkiliy-iqtisodiy modeli o‘rganildi. Statistika ma’lumotlari asosida viloyatning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi va qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining yuqori ko‘rsatkichi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, hududda an’anaviy usuldan intensiv, yuqori texnologiyali va eksportga yo‘naltirilgan klaster modeliga o‘tish jarayoni jadallashmoqda.
Kalit so'zlar
sabzavotchilik, intensiv qishloq xo‘jaligi, klaster modeli, Toshkent viloyati, agroiqtisodiyot, hosildorlik, eksport salohiyati