USKUDARDAGI “O‘ZBEKLAR TAKYASI”NING TA’SIS VAQFNOMASI,UNING DIPLOMATIK VA MAZMUNTAHLILI
Annotatsiya
Tadqiqot doirasida “O‘zbeklar takyasi”ning tarixida muhimahamiyatga ega bo‘lgan vaqfnomaning diplomatik elementlari o‘rganilib, mazmunitahlil qilingan. Мavjud manbalardagi maʼlumotlarga koʻra, zarbxona emini va Marashhokimi vazifasida ishlagan Abdulloh Posho tomonidan 1752–1753 yillarda barpoetilgan “Oʻzbeklar takyasi”ning birinchi shayxi – Shayx Abdulloh tomonidan vaqftashkil etilgani haqidagi maʼlumotlar so’rovi tashkil etildi va huquqiy jihatdan bundayvaqf mavjud emasligi arxiv hujjatlari asosida aniqlandi. Shu bilan birga, “Oʻzbeklar takyasi”ning birinchi shayxi – Shayx Abdullohhaqida Ayvansaroyiy bergan maʼlumotlar to‘ldirildi. Jumladan, uning to‘liq ismi-nasabianiqlashtirildi: Sayyid ash-Shayx Abdulloh Akbar Afandi ibn Asadulloh al-O‘zbekiy.Shuningdek, “O‘zbeklar takyasi” uchun mustaqil vaqf ta’sis etilmagani va bu davrdainstitutsional tarzda qayd etilmagani ham ko‘rsatib o‘tildi. “Oʻzbeklar takyasi” uchun 1788-yilda al-Hoj Xalil Ogʻa ibn Ahmad Afanditomonidan vaqf tashkil etilgani va shu tariqa takyaga huquqiy maqom berilgani qaydetilgan.