Xushxabar: Jurnalimiz xalqaro ilmiy bazalarga kiritildi
<p>Biz mamnuniyat bilan e'lon qilamizki, «Alfraganus» ilmiy jurnali o‘zining xalqaro maqomini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadamni tashladi.</p>
<p>Bugungi kundan boshlab, jurnalda chop etilgan har bir maqola avtomatik ravishda xalqaro ilmiy metrika tizimlarida ko‘rinadi. Bu esa tadqiqotchilarimizning ilmiy ishlari dunyo hamjamiyati tomonidan o‘qilishi va ularga iqtibos keltirilishi imkoniyatini bir necha barobar oshiradi.</p>
<p>Biz bilan hamkorlik qilayotgan barcha mualliflarga minnatdorchilik bildiramiz!</p>