Alfraganus universiteti ilmiy jurnallar platformasi to‘liq modernizatsiya qilindi!
Alfraganus universiteti Xalqaro ilmiy jurnallar va reytinglar bilan ishlash departamenti journals.afu.uz platformasining yangilangan talqinini taqdim etadi. Endilikda universitetimizning ilmiy nashrlari xalqaro standartlarga to‘liq moslashtirildi.
-
Platforma interfeysi zamonaviy talablar asosida yangilandi;
-
Maqolalarni indeksatsiya qilish va qidiruv tizimlarida ko‘rinishi (SEO) optimallashtirildi;
-
Yangi sonlar uchun ilmiy maqolalar qabuli ochiq deb e’lon qilindi.
Ilmiy ishlaringizni zamonaviy va xalqaro talablarga javob beradigan platformada e’lon qiling!