GNSS VA RADIOLOKATSION INTERFEROMETRIYA (InSAR) USULLARINI INTEGRATSIYALASH ASOSIDA TUPROQLI TO'G'ONLAR DEFORMATSIYASINI KOMPLEKS MONITORING QILISH (TO'POLON TO'G'ONI MISOLIDA)

Организация
Alfraganus universiteti, Turizm fakulteti, Umumkasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi
Alfraganus — Vol. 3, Issue 11 (2026)

Аннотация

Gidrotexnika inshootlari deformatsiyasini kuzatishda qo'llanilayotgan sun'iy yo'ldosh navigatsiya tizimlari (GNSS) va radiolokatsion interferometriya (InSAR) usullarining har biri o'ziga xos fazoviy va vaqtiy cheklovlarga ega: GNSS uzluksiz, ammo nuqtaviy ma'lumot beradi; InSAR keng hududni retrospektiv qamrab oladi, biroq deformatsiyani faqat yo'ldoshning ko'rish chizig'i (LOS) bo'yicha bir o'lchamli proyeksiyada qayd etadi. Mazkur maqolada ikki usulni yagona metodologik doirada birlashtirishning uch bosqichli sxemasi — fazoviy moslashtirish, GNSS siljish vektorini ko'rish chizig'iga proyeksiyalash va qoldiq deformatsiyani baholash — asoslab berilgan hamda u To'polon tuproqli to'g'oni (Surxondaryo viloyati) misolida sinovdan o'tkazilgan. To'g'onda 2024-yildan buyon ishlab turgan o'nta stansiyali ko'p tizimli GNSS tarmog'i gorizontal bo'yicha ±2 mm, vertikal bo'yicha ±4 mm aniqlikni ta'minlaydi; Sentinel-1 ma'lumotlari asosida 2020–2024-yillar uchun bajarilgan PS-InSAR (6 233 nuqta) va SBAS (18 391 nuqta) tahlillari esa to'g'on va suv ombori hududini to'liq qamrab olgan. Ikkala texnologiya ham deformatsiyaning quyi b'ef tomon yo'nalganligini bir-biridan mustaqil ravishda tasdiqlaydi: GNSS bo'yicha gorizontal siljish azimuti 170–190°, InSAR bo'yicha esa maksimal cho'kish aynan quyi b'ef zonasida qayd etilgan. Shu bilan birga, ikki usul to'g'onning turli qismlarini qamrab olishi aniqlandi — GNSS asosan toj zonasini, InSAR esa bermalar va yuklanmagan qiyalikni. Bu holat ularning o'zaro almashinuvchi emas, balki o'zaro to'ldiruvchi ekanligini ko'rsatadi va kompleks monitoring tizimini shakllantirish zaruratini asoslaydi.

Ключевые слова

GNSS, InSAR, PS-InSAR, SBAS, integratsiyalashgan monitoring, deformatsiya, tuproqli to'g'on, ko'rish chizig'i, To'polon to'g'oni


Библиографические ссылки

  1. ICOLD. Dam Safety Guidelines. International Commission on Large Dams. — Paris: ICOLD, 2022.
  2. Scaioni M., Marsella M., Crosetto M., Tornatore V., Wang J. Geodetic and Remote-Sensing Sensors for Dam Deformation Monitoring // Sensors. — 2018. — Vol. 18, No11. — P. 3682.
  3. Chen M., Zhang H. GNSS-based deformation monitoring methodology for hydraulic structures // Journal of Geodesy. — 2018. — Vol. 92, No4. — P. 341–358.
  4. Massonnet D., Feigl K.L. Radar interferometry and its application to changes in the earth's surface // Reviews of Geophysics. — 1998. — Vol. 36, No4. — P. 441– 500.
  5. Rosen P.A., Hensley S., Joughin I.R. Synthetic aperture radar interferometry // Proceedings of the IEEE. — 2000. — Vol. 88, No3. — P. 333–382.
  6. Hanssen R.F. Radar Interferometry: Data Interpretation and Error Analysis. — Dordrecht: Kluwer Academic Publishers, 2001. — 308 p.
  7. Ashrafzadeh A., Karimzadeh S. Advanced InSAR analysis for dam surface monitoring // Bulletin of Engineering Geology and the Environment. — 2021. — Vol. 80, No6. — P. 4535–4552.
  8. Ferretti A., Prati C., Rocca F. Permanent Scatterers in SAR Interferometry // IEEE Transactions on Geoscience and Remote Sensing. — 2001. — Vol. 39, No1. — P. 8–20.
  9. CHC Navigation iStar GNSS qabul qilgich texnik ko'rsatkichlari. — URL: https://www.chcnav.com/product-detail/istar (murojaat sanasi: 15.03.2025).
  10. HCmonitor GNSS monitoring dasturiy ta'minoti. CHC Navigation (Chcnav) kompaniyasi. — URL: https://www.chcnav.com (murojaat sanasi: 20.01.2025).
  11. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-sonli Qarori "To'polon suv ombori to'g'oni zilzilabardoshligini radiolokatsion kosmik suratlarni interferometrik qayta ishlash va natijalarni tahlil qilish asosida baholash to'g'risida". — Toshkent, 2023.
  12. Texnik-analitik hisobot: To'polon suv omborida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan. — Toshkent: "Gidrotexmonitoring" MChJ, 2024.
  13. Sentinel-1 Mission Guide. European Space Agency. — URL: https://sentinel.esa.int/web/sentinel/missions/sentinel-1 (murojaat sanasi: 05.04.2025).
  14. DAMAST Consortium. Remote Sensing and Geodetic Monitoring of the Enguri High Arch Dam, Georgia // Remote Sensing. — 2020. — Vol. 12, No24. — P. 4006.
  15. Vazquez-Ontiveros J.R., Hernandez-Andrade D. GNSS monitoring of the Sanalona earthfill dam: correlation of displacement and water level // Journal of Surveying Engineering. — 2021. — Vol. 147, No1. — 04020022.
  16. Xiao R., Yu C., He X. Multi-GNSS Monitoring of Reservoir Dam Deformation // Remote Sensing. — 2022. — Vol. 14, No2. — 284 p.
  17. Guo Y., Tong L. Geodetic monitoring of Xiaolangdi dam using PS-InSAR and levelling methods // Engineering Geology. — 2019. — Vol. 257. — P. 105–117.
  18. Berardino P., Fornaro G., Lanari R., Sansosti E. A new algorithm for surface deformation monitoring based on small baseline differential SAR interferograms // IEEE Transactions on Geoscience and Remote Sensing. — 2002. — Vol. 40, No11. — P. 2375–2383.
  19. ShNK 2.02.02-20. Gidrotexnika inshootlari. Asosiy loyiha qoidalari. O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi. — Toshkent, 2020.
  20. Xujaev, M. (2020). Mahmudkhuja Behbudiy as a leader of jadid reforms. The Light of Islam, 3, 39-47.
  21. Evlen, H., Juraev, D., Ziyamukhamedova, U., Khujaev, M., & Jalilov, F. (2025). PLA/Ti6Al4V composite scaffolds for bone tissue engineering: mechanical and thermal properties via FDM and bioprinting. Journal of Biomaterials Science, Polymer Edition, 1-25.
  22. Abduraimova, N., Sharopova, N., Khujaev, M., Sapayev, V., Fattoyeva, O., & Yusufov, S. (2025). Economic development through analysis of the education and entrepreneurship impacts. Economic Annals-XXI/Ekonomìčnij Časopis-XXI, 214(3/4), 84.
  23. Isoxonovich, M. X. (2022). Middle Ages Movarounnahr Rulers in the Views OF Researchers. European Journal of Innovation in Nonformal Education, 2(6), 134-136.
  24. Xujayev, M. I. (2018). THE COVERAGE OF THE PROBLEM OF NATIONALARITY AND ITS ROLE ON THE PRESENT DAY IN AHMAD ZAKI VALADI''S WORK. Мировая наука, (6 (15)), 61-63.
  25. Хужаев, М. И. (2018). АҲМАД ЗАКИ ВАЛИДИЙНИНГ ДИНИЙ-ФАЛСАФИЙ МЕРОСИНИНГ ИЛДИЗЛАРИ. In Инновационные подходы в современной науке (pp. 177-182).
  26. Khujaev, M. (2024). AHMED ZAKI: ON THE IDEAS OF THE PHILOSOPHY OF HISTORY. Экономика и социум, (1 (116)), 235-239.

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.

Похожие статьи

1-10 из 136

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.