Maqola nomi Title
Mavzu qisqa, aniq va tadqiqot yo‘nalishini ifodalagan holda 3 tilda beriladi.
Muallif ma’lumoti Author information
F.I.Sh., tashkilot, lavozim, ilmiy daraja/unvon, ORCID va email manzili to‘liq ko‘rsatiladi.
Annotatsiya Abstract
Unda tadqiqotning dolzarbligi, maqsadi, qo‘llanilgan metodologiya, asosiy natijalari va xulosalari qisqacha yoritiladi.
Kalit so‘zlar Keywords
Qidiruv tizimlari va indekslash uchun maqola mazmunini ochib beradigan 5-10 ta termin tanlanadi.
Kirish Introduction
Muammo, dolzarblik, tadqiqot maqsadi, vazifalari va ilmiy ahamiyati asoslanadi.
Adabiyotlar sharhi Literature review
Mavzuga oid ilmiy manbalar tanqidiy tahlil qilinadi va tadqiqotdagi bo‘shliq ko‘rsatiladi.
Metodologiya Methods
Tadqiqot dizayni, ma’lumot manbalari, usullari va tahlil yondashuvi bayon qilinadi.
Tahlil va natijalar Results
Topilmalar jadval, rasm yoki dalillar bilan izchil yoritiladi.
Muhokama Discussion
Natijalarning ilmiy va amaliy mazmuni, cheklovlar va oldingi tadqiqotlar bilan bog‘liqligi ochib beriladi.
Xulosa va takliflar Conclusion
Asosiy xulosalar, tavsiyalar va kelgusidagi tadqiqot yo‘nalishlari beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar References
Matn ichidagi havolalar va adabiyotlar ro‘yxati APA formatida mos va to‘liq rasmiylashtiriladi.