SAYYOHLAR BEKATI: SULTONTEPA O‘ZBEKLAR TAKYASI
General information about the article
Maqolada tasavvuf, haj va takya O‘zaro bog‘liqlikdako‘rilgan tadqiqotlarga sharh berilib, so‘fiylar uchun sayohatning ahamiyati va turlari,O‘rta Osiyodan Istanbulga kelgan ziyoratchilarning to‘xtalgan manzilgohlari, tashrifbuyurgan shaharlari bo‘yicha maʼlumotlar keltiriladi hamda takyalarning tashrifbuyuruvchilar uchun madaniy va ma'lumot almashish markazi ekanligi alohidataʼkidlanadi. Manbalardagi maʼlumotlarga asoslangan holda soʻfiylar XIX asrda jamiyatningfaol qatlami va bu soʻfiylarga xizmat qilgan takyalar nafaqat shaharlarning o‘zgarishiva rivojlanishida muhim o‘rin tutadigan aholi harakatini rag‘batlantiruvchisi, balki aynipaytda ilm-fan, marifat va madaniyat tashuvchisi sifatida namoyon bo‘lgani aniqlanadi.Maqolada Sultontepa o‘zbeklar takyasining XIX asr oxiri – XX asr boshigataalluqli “Mehmonlar daftari”, “Rasmiy mehmonlar daftari” va “Sultontepa o‘zbeklartakyasi aholi daftari”dagi qaydlar tahlil qilinib, takyaning ichki hayoti, ijtimoiy institutsifatidagi ko‘p qirrali faoliyati yoritib berilgan. 263 varaqdan iborat ushbu daftarlargajami 1329 kishi haqida malumotlar o‘rin olgan bo‘lib, ular takyaga tashrifbuyuruvchilarning qaerdan kelgani, tashrif maqsadlari va muddatlari, kasblari va hattotashqi ko‘rinishlari haqida tasavvur beradi. Chunonchi, “O‘zbeklar takyasi”mehmonlari asosan O‘rta Osiyo va uning atrofidan bo‘lib, ulardan tashqari Xitoy va oniston, oz bo‘lsa-da Tunisdan, shuningdek, Usmonli saltanati chegaralariga yaqinshaharlardan ekanligini bilish mumkin. Daftarlardagi qaydlar asosida maqolada tashriflarning asosiy sabablaridan birimuqaddas qadamjolarni ziyorat qilish bilan bog‘liqligi va hajga otlanganlar uchunIstanbulga tashrif buyurish an'anaga aylanganligi yoritib beriladi. Shu bilan birgamehmonlarning kasblaridan kelib chiqqan holda tashriflar tijoriy, diniy va hatto harbiymaqsadda bo‘lganligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Kasbga ko‘ra tashrif buyuruvchilarning aksariyati – hunarmand va sanʼatkor.Shuningdek, san'atsiz, yaʼni hunarsiz, deb ko‘rsatilganlar borligi takyani ayni damdamuhtojlar uchun ham turar joy sifatida namoyon etadi. Qolaversa, mehmonlar orasidatalabalar sonining ko‘pligi ham yana bir bor takyaning ilm yo‘lidagi yoshlarni qo‘llabquvvatlashga hissa qo‘shganligidan darak beradi. Аsosiysi, daftarlardagi qaydlar tahlili nafaqat tashrif buyuruvchilar haqidatasavvur shakllantirish bilan cheklanmaydi, balki ular haqidagi maʼlumotlar orqaliushbu va boshqa takyalarni o‘rganish bo‘yicha masalalar doirasini belgilab berish bilanbirga istiqboldagi tadqiqot yo‘nalishlariga aniqlik kiritadi.
Arxiv manbalari Sultantepe Özbekler Dergâhı Misafir Defteri. Sultantepe Özbekler Dergâhı Nüfus Defteri. Sultantepe Özbekler Dergâhı Resmî Misafir Defteri. BOA, Osmanlı Arşivi. Dahiliye Nezareti Mebani-i Emiriye-Hapishaneler Müdüriyeti MüteferrikEvrakı [DH.MB.HPS.M], № 9/73. Boshqa manbalar Hamid Algar. Tarîqat and Tarîq: Central Asian Naqshbandîs on the Roads to the Haramayn.Central Asian Pilgrims: Hajj Routes and Pious Visits Between Central Asia and the Hijaz. muharrir:ALexandre Papas – Thomas VVelsford –Thierry Zarcone. – Berlin: De Gruyter, 2011. – S. 21–135.Resul Ay. Anadolu ve Rumeli’de Derviş Seyahatleri ve Kırsal Toplum için Gördüğüİşlevler(13–15. Yüzyıllar). Ötekilerin Peşinde: Ahmet Yaşar Ocak’a Armağan. – İstanbul: TimaşYayınları,2015. – S. 303– 314. Lâle Can. Connecting People: A Central Asian Sufî Network in Turn of the Century. // ModernAsian Studies. – № 46/2. – 2012. – S. 373–401. Semih Ceyhan. Estanblished Sufi Orders. Sufî Instutions. ed. Alexander Papas. – Boston–Leiden: Brill, 2022. – S. 385–404. Halim Baki Kunter. Tarsus’taki Türkistan Zaviyelerinin Vakfiyeleri. /Vakıflar Dergisi 4. – 1965.– S. 31–50. Mustafa Kütükçü. Rusya’da Haccın Tarihi Serüveni. //Karadeniz (Black Sea-Черное Море).–№ 3/12. – 2011. – S. 178–190. Yusuf Sarınay. Türkistanlı Hacıların Ziyaret Merkezi Olarak İstanbul. /Bilig88. – 2019. – S.1–18. Oğuzhan Şahin. Biyografik Metinlerde Yüceltme imgesi: İlmî Seyahatler. Uluslararası VIII.Klâsik Türk Edebiyatı Sempozyumu Kitapçığı. – Diyarbakır: D.V. Kültür Sanat Yayınları, 2014. – S.386–399. Esra Duran Turay. Sufilerin Hac Yolculuğu //Turkish Studies-Comparative Religious Studies.–№ 14/1. – 2019. – S. 97–140.
O‘zjan, S. . (2025). SAYYOHLAR BEKATI: SULTONTEPA O‘ZBEKLAR TAKYASI. ALFRAGANUS, 1(3), 75–96. https://doi.org/
O‘zjan, Serpil . “SAYYOHLAR BEKATI: SULTONTEPA O‘ZBEKLAR TAKYASI.” Academic Research in Educational Sciences, vol. 3, no. 1, 2025, pp. 75–96, https://doi.org/.
O‘zjan, . 2025. SAYYOHLAR BEKATI: SULTONTEPA O‘ZBEKLAR TAKYASI. Academic Research in Educational Sciences. 3(1), pp.75–96.