Asosiy navigatsiya menyusiga o'tish Asosiy kontentga o'tish Sayt quyi qismiga (futer) o'tish

Son 1.
Alfraganus Universiteti, Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari toʻplami

“Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, tahlil, auditorlik faoliyati va moliya-kredit mexanizmini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari toʻplami. / Mualliflar jamoasi. –T.: “Alfraganus university”, 2025. - 1044 b.

 

Mazkur toʻplamda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, tahlil, auditorlik faoliyati va moliya-kredit mexanizmini rivojlantirish muammolari boʻyicha oliy taʻlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari iqtisodchi olimlari, ishlab chiqarishda faoliyat yuritayotgan amaliyotchilar tomonidan olib borilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalari boʻyicha tayyorlangan maqolalar va maʻruza tezislari jamlangan.

Toʻplam oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar, talaba va magistrantlari, ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari, biznes subyektlari rahbar va mutaxassislari uchun moʻljallangan.

Maqola va tezislarda keltirilgan barcha maʻlumotlar, fikr-mulohazalar mualliflarga tegishli boʻlib, tahrir hayʻati aʻzolarining fikriga mos kelmasligi mumkin. Nashrda keltirilgan raqamlar, statistik maʻlumotlar, fikr-mulohazalar uchun mualliflar masʻul hisoblanadi.